YASHASH JOYIGA DOIMIY RO‘YXATGA TURISH QANDAY AMALGA OSHIRISH MUMKIN?
Bugungi kunda yashash joyiga doimiy ro‘yxatga turish uchun (https://my.gov.uz/uz/service/363) fuqarolarimiz Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishi yoxud my.gov.uz orqali amalga oshirishlari mumkin.
Fuqarolar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar bo‘ylab doimiy ro‘yxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Shuningdek, mazkur xizmatdan O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq:
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkka ega fuqarolar;
Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy ro‘yxatga turishlari;
Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati bo‘ylab boshqa manzilga doimiy ro‘yxatga turishlari mumkin.
Xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanganda to‘lov 10 foiz chegirma bilan amalga oshiriladi.
Arizalar 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.
I.Chorshanbiyеv,
Angor tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi dirеktori
Ўзбекча
Русский
English