Tuman hokimi soha faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamda “Angortumangaz” gaz ta’minoti korxonasida bo‘lib, ushbu tashkilotlarning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida hokim xodimlar bilan suhbatlashdi, ularning sharoiti, xizmat vazifalari hamda kundalik muammolari bo‘yicha fikr almashildi. Xodimlarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Yig‘ilish chog‘ida mas’ullarga muammolarni bartaraf etish, ish sharoitini yanada yaxshilash va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Angor tumani hokimligi tashkilotlar faoliyatini doimiy ravishda o‘rganib, samaradorlikni oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettirmoqda.

Angor tumani hokimligi axborot xizmati

0 izox

Izox qoldirish