TRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISH HUQUQI

Quyidagilarni:

Motosikllar, motorollerlarini va boshqa mototransport vositalarni boshqarish  huquqi - o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi;

-Ruxsat etilgan eng ko‘p og‘irligi 3500 kilogrammdan va o‘rindiqlar soni haydovchining o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan oshmaydigan avtomobillarni boshqarish huquqi, bundan taksi mustasno - o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi;

-Ruxsat etilgan eng ko‘p og‘irligi 3500 kilogrammdan oshadigan yuk avtomobillarini  boshqarish huquqi - o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi;

-Taksi sifatida foydalaniladigan avtomobillarni, shuningdek, yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan ortiq o‘rindig‘i bo‘lgan avtomobillarni tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqi - yigirma bir yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi.

-Transport vositalarini boshqarish huquqi – ushbu qismning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga transport vositasini boshqarish staji o‘n ikki oydan kam bo‘lmagan taqdirda beriladi.

-Transport vositalarini boshqarish huquqi tibbiy tekshiruvdan  o‘tgan va malaka imtihonlarini topshirgan shaxslarga beriladigan belgilangan namunadagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

-Malaka imtihonlarini topshirish va transport vositalarini boshqarish huquqiga doir guvohnomani berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

-O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan milliy va xalqaro haydovchilik guvohnomalari amal qiladi.

K.Tursunov,

Angor tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i