To‘qsonbosti ekinlar: kuzning har bir kuni g‘animat

Ayni kunlarda Angor tumani mirishkorlari tomonidan kuzning har bir kunidan unumli foydalanib, to‘qsonbosti usulida ekinlarni parvarish qilishga alohida e’tibor berilmoqda.

Tumanning Yuqori Tallimaron mahallasida yashovchi Abbos Sherboyev Xomkon mahallasi hududidan 30 sotix yer maydonini elektron onlayn auksion orqali ijaraga olgan. Abbos Sherboyev ushbu yer maydonida to‘qsonbosti ekinlarini parvarishlab, munosib daromad olib kelayotgan mirishkorlardan biri sanaladi.

Hozirda Abbos Sherboyev 30 sotix yerga gulkaramning brokolli navini ekib, parvarish qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Angor tumanida joriy yilda 5 ming 749 gektar maydonga “to‘qsonbosti” usulida sabzavot ekinlari ekib yetishtirish belgilangan.

Gavhar  JUMAYEVA