TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT RO‘YXATIDA O‘TKAZISHNI, QAYTA RO‘YXATDAN O‘TKAZISHNI RAD ETISH UCHUN NIMA ASOS BO‘LISHIDAN XABARDORMISIZ?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan:

davlat boji to‘lanmaganligi yoki uning to‘liq bo‘lmagan miqdorda to‘langanligi;

Nizomda nazarda tutilgan holatlarda tegishli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazish organiga murojaat qilinganligi;

Hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;

qonun va ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan ta’sis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi;

qonun hujjatlari bilan ustav fondining miqdoriga doir talablar bajarilmaganligi;

yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirishda yuridik shaxsning BHMning uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki soliq hisobotlarini topshirmaganligi;

ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tkazishda, muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi;

firma nomining  “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq emasligi;

ta’sis hujjatlarini barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanmaganligi;

ustav fondining miqdori kamaytirilganda korxona kreditorlari belgilangan tartibda xabardor qilinmaganligi;

tadbirkorning manzil ma’lumotlari soliq va kadastr organlarining ma’lumotlar bazalarida mavjud emasligi;

tadbirkor tanlagan tashkiliy-huquqiy shakli qonunchilik hujjatlarida mavjud emasligi.

I.Chorshanbiyеv,

Angor tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi dirеktori