Suv tekin emas
Angor tumanida OEP Markaziy Kengash qaroriga asosan deputatlik ishchi guruhi tuzilib, hududlarda suv resiruslari holati o‘rganildi.
Bir gruh ishchi gruh a’zolari joylarga chiqib ichki ariqlar holati o‘rganich jarayonida quyidagi holatlar aniqlandi.
Yurtimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda oqova suv sarfini sezilarli darajada iqtisod qilish bo‘yicha “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan ichki ariqlarni betonlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Navro‘z mahallasidagi ichki ariqlar betonlashtirilmoqda. Har yilgi sug‘orish mavsumi davrida ichki sug‘orish tarmoqlari orqali yetkazib berilayotgan suv manbai yerga singib ketishi tufayli ayrim muammolar yuzaga kelardi. Endilikda suv sarfi iqtisod qilinib, olis manzillarga ham suv yetkazib beriladi.
Shuningdek, mahallada ichki ariqlarga suv o‘lchovini o‘lchovchi maxsus texnik aparatlar o‘rnatilgan. “Zang” 5 kanali 1126 km betonlangan, Zartepa va Gilambob mahalla xonadonlari suv ta minoti yaxshilangan.
M.Mengliyeva,
O‘zbekiston Ekologik Partiyasi Angor tumani Kengashi raisi
Ўзбекча
Русский
English