Angor tumanining Sharq guli mahallasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida yo‘llar asfaltlanmoqda. Ushbu qurilish ishlari aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratish, turmush darajasini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida mahalla ko‘chalariga asfalt yotqizish bilan birga, yo‘l yoqalariga yomg‘ir suvlari oqimini tartibga solish maqsadida beton lotoklar ham o‘rnatilmoqda. Ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Angor tumani hokimligi axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English