PILLACHILIK — DAROMAD MANBAI

Angor tumanida ipak qurti boqib, pilla yetishtirayotgan va daromad olayotgan yurtdoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil qiladi. Xususan, Kayran mahallasida  yashovchi Mengal momo Xolliyeva  oila a’zolari bilan birgalikda 25 quti ipak qurtini parvarishlab, pilla yetishtirmoqda.

84 yoshni qarshi olgan Mengal momo pillachilikda o‘z tajribasiga ega pillakor. Onaxon ushbu pilla mavsumida ham yuksak natijalarni ko‘zlagan. Mengal momo 75 yildan beri ipak qurtini parvarishlaydi. Hozirgi kunda farzandlari, kelinlari va nabiralari ham ipak qurti boqib, parvarishlab kelmoqda.

Angor tumani hokimligi Axborot xizmati