Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qiziriq tumani paxta zavodida videokonfrensaloqa shaklida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi oldidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Markaziy va hududiy studiyalardan sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari hamda klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.
Onlayn tashkil etilgan seminarda Angor tumanidan ham sohaga tegishli tashkilot mas’ullari, agro klaster, fermer xo‘jaliklari hamda mexanizatorlar ishtirok etishdi.
Seminar davomida tumandagi kombaynlarning ko‘rigi, mavsumga tayyorligi, texnik holati o‘rganildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mexanizatorlarga qo‘shimcha tavsiya va topshiriqlar berildi.
Angor tumani hokimligi Axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English