Angor tumani hokimi Qosim Mardonov hamda tuman prokurori Sirojiddin Ramazonov Chinobod mahallasida bo‘lib, "Zamin Angor kluster" MCHJ dala maydonlarida paxta yig‘im-terimida qatnashayotgan terimchilar bilan suhbatlashdi.
Ilg‘or terimchilarga tuman hokimligining sovg‘alari topshirildi.
-Paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlangandan buyon har kuni daladaman. Bir kunda o‘rtacha 160-180 kilogram paxta teryapman. Terimchilar uchun issiq ovqat, choy tayyorlab berilyapti. Har besh kunda paxta terim pullarini olyapman, mavsum boshidan buyon oilam byudjetiga 7 mln so‘m qo‘shimcha daromad bo‘ldi,-dedi ilg‘or terimchi Dilbar O‘tanova.
Ўзбекча
Русский
English