Angor tumanida 2024-yil g‘alla hosili uchun 6500 gektar yer maydoniga gʻalla urugʻi ekilish rejalashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda urug‘ qadash ishlari olib borilmoqda.
Tumandagi "Zamin Angor kluster" MCHJning gektar dala maydoniga g‘allaning “Alekseyevich”, “Grom”, “Antonina” va “Temiryazev” kabi yuqori sifat ko‘rsatkichli don urug‘lari navlari ekilmoqda.
Bugun tuman hokimi Qosim Mardonov "Zamin Angor kluster" MCHJning dala maydonlarida bo‘lib, ekin jarayonlarini nazorat qildi. Mas’ullar bilan suhbatlashib, olib borilayotgan ishlarni o‘zi vaqtida sifatli olib borish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Ўзбекча
Русский
English