DAVLATGA TEGISHLI SUV HAVZALARINI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA “E-AUKSION” ELEKTRON SAVDO PLATFORMASI ORQALI IJARAGA BERISH MUDDATI
-Suv havzasining (yer uchastkasining) faoliyat turlarini tashkil etish uchun kamida 10 yil muddatga, qo‘shimcha yana 10 yil muddatga uzaytirish huquqi bilan ochiq elektron onlayn-auksion savdosi orqali ijaraga beruvchi, balansda saqlovchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuziladigan ijara shartnomasi asosida ijaraga beriladi.
-Suv havzalari (yer uchastkalari) ijaraga berilishi ushbu suv havzalaridagi (yer uchastkalaridagi) vaziyat, ularning hududlarida qo‘shimcha qurilish ishlari amalga oshirilishi suv havzalarining o‘zanlari o‘zgarishiga, oqim yo‘nalishi, hajmi va tezligi o‘zgarishiga, ekologik vaziyat yomonlashishiga, bioxilma-xillik, noyob hayvonot va o‘simlik dunyosiga zarar yetkazmasligi kerak.
J.Mo‘minov,
Angor tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsuli
Ўзбекча
Русский
English