Angor tumanida g‘alla ekish uchun yer tayyorlanmoqda

Bug‘doy dunyoda eng ko‘p tarqalgan asosiy donli ekinlardan biri hisoblanadi. Dunyo xalqlarining yarmidan ko‘prog‘i oziq-ovqat sifatida bug‘doy nonidan foydalanadi.

Ayni kunlarda Angor tumanida rizq-ro‘zimiz bo‘lgan g‘alla urug‘ini ekish uchun yerlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida ayni kunda muhim hisoblangan kelgusi yil hosili uchun hududlarda boshoqli don ekinlarini ekish ishlarini tashkil etilishi  karantin inspektorlari tomonidan nazorat qilib borilmoqda. Tumanning “Zamin Angor klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli  SH.Rashidov hududida yer tayyorlash jarayoni boshlab yuborildi. Mutaxassislar tomonidan boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish ishlari hamda g‘alla parvarishida amalga oshiriladigan barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli o‘tkazilishi doimiy nazoratga olib boriladi.

Ma’lumki butun dunyoda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda agrar sohaning o‘rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Ushbu chora-tadbirlar negizida respublikamizning o‘zgaruvchan va murakkab tuproq-iqlim sharoitida mahalliy sharoitlarda mos, serhosil, don sifati yuqori, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli bug‘doy navlarini ekish hamda yuqori hosil olish  uchun agrotexnik tadbirlarni tadbiq etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Tumanda ham kuzgi bug‘doy yetishtiriladi. Shu sababli Angor tumanidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan tuproq iqlimga mos bug‘doy navlarini ekish talab etiladi. Shuningdek, kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirish uchun ekishda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish, navlarni to‘g‘ri tanlash, saralangan sifatli urug‘larni ekish o‘zining yuqori samarasini beradi.

Bug‘doy ekishning agrotexnikasi qanday tartibda amalga oshiriladi? Bu haqida Surxondaryo viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi Angor tumani davlat karantin inspektori Abror Orolov shunday deydi:

-Kuzgi bug‘doy ekish oldidan ekiladigan maydonni sifatli tayyorlash zarur. Buning uchun begona o‘t qoldiqlaridan to‘liq tozalash, maydonga nam berish, tobiga kelgan maydonni kamida 30-35-sm chuqurlikda haydash, tekislagichlar bilan sifatli qilib tekislash, kesakli maydonlarda kesaklarni maydalash, dala atrof va chetlarni yaxshilab yumshatish lozim. Maydon kesakli qilib tayyorlansa urug‘lar bir tekis joylashmaydi, yerning yuzasida qolganlari hamda ko‘milmagan urug‘lar nobud bo‘ladi. Natijada ko‘chat siyraklashishi yuzaga keladi va hosildorlikning pasayishiga sabab bo‘ladi.

Albatta, kutilgan mo‘l hosildorlikka erishishda eng avvalo yerni shudgorlash va tekislash muhim ahamiyat kasb etadi.

Angor tumani hokimligi Axborot xizmati