Angor tumani markazida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

Tuman markazida yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, 4R23z “M-39 avtomobil yo‘lidan — Angor shahriga (1426 km) kirish” yo‘nalishining 0–5 km va 5–6 km oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi mavjud eski ko‘priklar buzilib, o‘rniga zamonaviy talablarga javob beradigan yangi ko‘priklar barpo etilmoqda.

Shuningdek, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida markaziy hududlardagi eskirgan quvurlar yangilanib, zamonaviy tarmoqlar joriy etilmoqda.

Angor tumani hokimligi Axborot xizmati

0 izox

Izox qoldirish