2024-YIL 20-YANVARDAN 20-MARTGACHA HECH BIR SHAXS HUJJATSIZ QOLMAYDI

Huquqiy aksiya doirasida quyidagi shaxslarga yordam beriladi:

  1. Tug‘ilishi qayd etilmaganligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslar;
  2. Ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar;
  3. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslar;
  4. Tug‘ilganligi yoki yaqin qarindoshlarining o‘limi haqidagi tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim bo‘lgan shaxslar;
  5. Yaqin qarindoshlarining o‘limi qayd etilmagan shaxslar.

MUROJAATLAR:1148 ishonch telefonlari orqali adliya organlari tomonidan qabul qilinadi.

Sh.Normatov,

Angor tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i