Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida viloyat hokimligi, iqtisodiy kompleks vakillari hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida Prezidentimizning “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.
Unda 2030-yilgacha yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish maqsadida yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga qisqartirish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida aholi tomonidan to‘lovlarni naqd pulsiz amalga oshirish ulushini 75 foizga yetkazish kerakligi ta’kidlandi. Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan boshlab qaysi yo‘nalishlarda to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi tushuntirildi.
Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish jarayonlarida raqamli platformalarning afzalliklari qayd etilib, viloyatdagi YTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘rtasida bu borada targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, xususan “Paynet Xolis” xizmati orqali taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirish kerakligi ta’kidlandi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
Ўзбекча
Русский
English