Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab havoning ifloslanishi global ekologik muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Yirik ishlab chiqarish sanoati korxonalari hamda transport vositalarining ko‘payishi havoning turli zararli ingredientlar bilan ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.
Transport vositalaridan chiqadigan gazlarning inson salomatligiga salbiy ta’sirini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan olim va mutaxassislar tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, transport vositalaridan chiqadigan asosiy chiqindi gazlar inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
Transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish maqsadida joriy yilning 10-aprel kunidan 10-may kuniga qadar viloyatimizda “Toza havo” oyligi tadbiri o‘tkazilmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi harakatlanayotgan transport vositalarning yoqilg‘i yonish tizimini nazorat qilish, fuqarolarga tadbirning mazmun mohiyatini targ‘ib qilish, transport vositalarini doimiy texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish bo‘yicha tavfsiyalar berishdan iborat.
Shu o‘rinda fuqarolardan tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qolardik. Havoning musaffoligini ta’minlash barchamizning fuqarolik burchimiz ekanligini unutmaylik.
O‘tkir Primqulov,
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Angor tuman bo‘limi bosh mutaxassisi
Ўзбекча
Русский
English