Angor tumanida O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bo‘lim boshlig‘i N.Mirabdullayev, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining hududiy vakili B.Qodirov, tuman Kengashi mas’ullari, hokim yordamchilari, mahalla raislari, "Tomorqa xizmati" korxonalari rahbarlari va tomorqa yer egalari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida "Bir mahalla - bir mahsulot" tamoyili asosida aholi xonadonlarida ekin ekish ishlarining natijadorligi, ixcham issiqxonalardan samarali foydalanish orqali yuqori daromad olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi qaroriga asosan fermer xo‘jaliklarining dala chetlarida yengil konstruksiyali kichik muzlatkichlar va meva sabzavotni quritish uskunalarini joriy etishning afzalliklari, ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ўзбекча
Русский
English