Dastlab, Angor tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va tuman hokimi Qosim Mardonov ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilishda tumandagi dolzarb masalalar, mavjud muammolar va ularni hal etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Yig‘ilishdan so‘ng, Respublika ishchi guruhi tomonidan bir qator ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi. Jumladan, tibbiyot muassasalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda bozorlar holati o‘rganildi.
Tekshiruv jarayonida muassasalarning aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, sanitariya holati va mavjud kamchiliklar o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshiriqlar yuklatildi.
Angor tumani hokimligi Axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English