Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ra’no Astanaqulova Angor tumanidagi 1-son "Q.To’lakov" oilaviy poliklinikasida Qoraqir va Ilg‘or mahallalarida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlatimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish hamda deputat nazoratini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvlar ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi. Deputat va saylovchilar birgalikda poliklinikadagi ish sharoitlari, bemorlarga yaratilgan qulayliklar va sog‘liqni saqlash tizimidagi yangi tadbirlar haqida fikr almashdi. Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari diqqat bilan tinglandi.
Ochiq muloqotlar aholi va deputat o‘rtasidagi ishonchli aloqalarni mustahkamlaydi, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish imkonini beradi. Shu tariqa sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
Angor tumani hokimligi
axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English