Joriy yilning 13-15-avgust kunlari “Angor va Termiz tumanlarining boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi hududiy quyi tizimlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzusida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
13-avgust kuni Termiz va Angor tumanlarida o‘quv mashqining birinchi kuni boshlandi. Unda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shukurov, Angor tumani hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Q.Mardonov ishtirok etdi.
Ushbu mashg‘ulotlarda tuman favqulodda vaziyatlar holatlarida davlat quyi tizimi xizmatlari rahbarlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha qabul qilingan tegishli qarorlar ko‘rib chiqildi.
Mazkur mashg‘ulotlar doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar doimiy tayyorgarlikdagi (FVDQT) xizmatlariga biriktirilgan maxsus texnikalar va ularning holati ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga mutasaddi rahbarlar tomonidan xizmat xodimlariga qo‘shimcha topshiriq va yo‘riqnomalar berildi.
O‘quv mashqi favqulodda vaziyatlarda aholini va hududni muhofaza qilishga tayyorgarlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, barcha ishtirokchilar yuqori faollik va mas’uliyat bilan qatnashdi.
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi davomida Termiz tumanining Yangi hayot mahallasida shartli ravishda yuzaga kelgan texnogen holat oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashq doirasida Yangi hayot mahallasi aholisini xavfli hududdan xavfsiz joyga ya’ni Angor tumani hududiga evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Mashqda hududiy fuqarolik muhofazasi xizmatlari, mahalliy hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tezkor xizmatlar jalb etildi.
O‘quv mashqining asosiy maqsadi — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini muhofaza qilish, evakuatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini sinovdan o‘tkazishdan iboratdir.
Angor tumani hokimligi axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English