Qashqadaryolik mehmonlar Angor tumanida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazining topshirig‘iga asosan Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari hamda kotibiyat xodimlaridan iborat guruh vakillari Angor tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad mahalliy Kengashning sohadagi ijobiy yutuqlari, amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish hamda ular o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Mehmonlar mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyat xodimlari bilan suhbatlashib, ularning ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Muhiddin

Yormatov,

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri