Joriy yilning 7–14 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi yozgi Para Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan angorlik yoshlar tuman hokimligida qabul qilindi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi Qosim Mardonov g‘olib yoshlarni munosib natijalar bilan tabriklab, ularning xalqaro sport musobaqalarida yurtimiz va tumanimiz nufuzini oshirishga qo‘shayotgan hissasini alohida ta’kidladi.
Tadbir yakunida sportchilarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Angor tumani hokimligi Axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English