Farzand kamolida, uning ertangi kunida ota tarbiyasi g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Xalq deputatlari viloyat Kengashining 13-mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida "Otalar qabul kuni"ni o‘tkazish taklifini bergandi.
Ushbu taklifning ijobiy samarasi o‘laroq bugun Angor tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida "Otalar yig‘ilishi" bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi Qosim Mardonov ham ishtirok etib, otalar farzandining ilm olishi uchun shart-sharoitlarni yaratib berishi, ma’lum bir vaqtda farzand ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishi bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berdi. Otalarning farzandlari xavfsizligini ta’minlash, ilm olishida qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish borasidagi taklif va murojaatlarini tingladi.
Shuningdek, yig‘ilishda iqtidorli, bilimli o‘quvchilarning otalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Angor tumani hokimligi Axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English