Mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Mahallalar jamiyatning kichik bo‘g‘ini sifatida  barcha insoniy fazilatlarni shakllantirish, oilalarda tinchlik-totuvlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Angor tumanida Sharq guli mahallasi binosi foydalanishga topshirildi.

Mahalla binosining tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, tuman hokimi Qosim Mardonov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, nuroniy otaxonlar, mahalla faollari ishtirok etdilar.

Ma’lumot o‘rnida, Sharq guli mahallasida 4057 nafar aholi yashaydi. Asosiy drayveri xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi qurilish sohasini rivojlantirish borasidagi rejalar va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Аngor tumani hokimligi Axborot xizmati

0 izox

Izox qoldirish