“Eng faol kitobxon o‘quvchi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

Angor tuman 1-son o‘rta ta’lim maktabida “Eng faol kitobxon o‘quvchi” Respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlov maktab o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan vazifalarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Tumandagi maktablardan 50 nafardan ziyod o‘quvchilar savol-javob orqali bilim va mantiqiy fikirlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi va viloyat bosqisida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

M.Begimqulova,
Angor tumani Axborot-kutubxona
markazi xodimi

0 izox

Izox qoldirish