Angor tumanida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman prokuraturasi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda tuman prokurori yordamchisi Dilshod Ibragimov so‘ngi yillarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va sintetik giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib borayotganligi sabablari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida giyohvand moddalar iste’moli oqibatlari aks etgan video roliklar namoyish etildi.
Ўзбекча
Русский
English