Angor tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Angor tumanida viloyat prokurori B.Babadjanov, tuman hokimi Q.Mardonov hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Narmanov ishtirokida kichik va o‘rta biznes subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda Prezidentimizning 2025-yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan yangilik va imtiyozlar tadbirkorlarga batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, soliq qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar, imtiyoz va yengilliklar, shu jumladan QQSni qaytarish tartibi va ma’muriy javobgarlikdan ozod etish holatlari yuzasidan ham axborot berildi.

Tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Angor tumani hokimligi axborot xizmati

0 izox

Izox qoldirish