2025-yil O‘zbekiston kasaba uyushmalarida hisobot-saylovlar yili sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu jarayon doirasida mamlakatimizdagi barcha kasaba uyushmalari o‘z faoliyati yuzasidan hisobot berib, kelgusi faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan muhim qarorlarni qabul qilmoqda.
Shu munosabat bilan Angor tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kasaba uyushmasi a’zolari, pedagog va xodimlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tgan davrdagi faoliyati muhokama qilinib, uning samaradorligi tahlil qilindi. Hisobotda mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash va ularning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.
Shundan so‘ng, ochiq ovoz berish tartibida tashkilot kasaba uyushma qo‘mitasi raisi saylandi. Saylov jarayoni ochiqlik va oshkoralik tamoyillariga asoslangan holda o‘tkazildi.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Angor tumani bo’linmasi
Ўзбекча
Русский
English