Xususan, Qadimiy Angor mahallasida “O‘rdali” kanalining 2,5 km, Qo‘shtegirmon mahallasida “Mustaqillik 21-asr” kanalining 2,4 km, Kattaqum mahallasida “Egambobo-1,” GES kanalining 4 km, Tallashqon mahallasida “Zang-2” ichki arig‘i kanalining 1,2 km, Navro‘z mahallasida “Angor-2” kanalining 1,2 km qismida betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi Qosim Mardonov hududlarda bo‘lib, olib borilayotgan ishlarni nazorat qildi.
Shuningdek, Navro‘z mahallasining “Obod yurt” ko‘chasida barpo etilayotgan “Turizm sayilgohi 24/7” loyihasi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Аngor tumani hokimligi Axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English