Angor tumanida bitiruvchi o‘quvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi

2024–2025 o‘quv yilida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 1450 nafar yoshlar muvaffaqiyatli tamomladi. Ular orasidan 22 nafar bitiruvchi “Oltin” medal, 7 nafar bitiruvchi esa “Kumush” medalga munosib deb topildi.

Tuman hokimligida tashkil etilgan tadbirda bitiruvchi o‘quvchilar, ularning ota-onalari va ustoz-murabbiylar ishtirok etdi. Marosim davomida oltin va kumush medallar o‘z egalariga bayramona ruhda topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi Qosim Mardonov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlar ta’limi, ularning kelajagi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bitiruvchilarga kelgusida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari borasida ishonch bildirdi.

Angor tumani hokimligi Axborot xizmati

0 izox

Izox qoldirish