Angorda tuman tarixiga bag‘ishlangan “Angor tumani tarixi” kitobining rasmiy taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda tarixshunoslar, keng jamoatchilik va mahalliy faollar ishtirok etdi.
Yangi nashr tumanning madaniy merosi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va tarixiy bosqichlarini ilmiy tahlillar asosida yoritib bergani bilan ahamiyatlidir. Kitob mualliflari, jumladan professor S.Tursunov hamda hammualliflar tomonidan tarixiy manbalar, arxiv materiallari va mahalliy rivoyatlar asosida Angor tumanining boy o‘tmishini ilmiy-ommabop uslubda bayon etilgan.
Taqdimotda kitobning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, ma’naviy merosni asrashdagi o‘rni va tuman tarixi bo‘yicha asosiy qo‘llanma sifatidagi qiymati alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida mualliflarga minnatdorlik bildirilib, nashrni keng jamoatchilik o‘rtasida tarqatish hamda ta’lim muassasalarida foydalanish uchun tavsiya etildi.
Angor tumani hokimligi Axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English