Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan yarmarka faoliyati davom etmoqda
Yarmarkada mahalliy dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat hamda iste’mol tovarlari aholiga arzonlashtirilgan narxlarda taklif etilmoqda. Savdo jarayonlarida sifat va narx-navo ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.
Mazkur yarmarka aholining yangi yil bayrami oldidan zarur mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Angor tumani hokimligi Axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English