Aholi muammolariga joylarda yechim izlanmoqda

Angor tumanida Madaniyat, Markaz, Qo‘shtegirmоn va Kayran mahallalari fuqarolari uchun tuman hokimi Qosim Mardonov hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul yakunida ba’zi murojaatlar bo‘yicha mas’ullar muammolarni joyiga chiqib o‘rganishdi, vaziyatga aniq baho berilib, yechim choralari belgilandi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, dolzarb muammolarni joyida hal etishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Angor tumani hokimligi Axborot xizmati

0 izox

Izox qoldirish