Yashash joyiga doimiy ro‘yxat (prpopiska)ga turish uchun istalgan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin
Fuqarolar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar bo‘ylab doimiy ro‘yxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, mazkur xizmatdan O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq:
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkka ega fuqarolar;
Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy ro‘yxatga turishlari;
Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati bo‘ylab boshqa manzilga doimiy ro‘yxatga turishlari mumkin.
Xizmat ko‘rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6 800 so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi;
Arizalar 1 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yilganligi bo‘yicha qayd varag‘i beriladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.
Ma’lumot uchun: xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.
I.Chorshanbiyev
Angor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori
Ўзбекча
Русский
English