TUMAN (SHAHAR) TIBBIYOT BIRLASHMALARI NEGIZIDA TUMAN (SHAHAR) SOG‘LIQNI SAQLASH BO‘LIMLARI TASHKIL ETILADI

“Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-185-son, 19.05.2025 y.) qabul qilindi.

-Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan 15 ta tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini (Tajriba-sinov loyihasi) joriy etish doirasida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

-birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish orqali oilaviy poliklinikalarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;

-tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ular mehnatiga munosib haq to‘lash tizimini joriy qilish.

Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi.

Quyidagilar tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

-ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarni markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika bo‘linmalariga aylantirish;

-tibbiyot xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilish hamda natijalar asosida ularni rag‘batlantirish.

B.Boynazarov,

Angor tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish мarkazi boshlig‘i

0 izox

Izox qoldirish