TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT TOVAR NOMENKLATURASI TASDIQLANDI
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-181-son, 14.05.2025 y.) qabul qilindi.
-Qarorga ko‘ra, quyidagilar asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi:
-Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining (TIF TN) kodlarini Jahon bojxona tashkiloti va Jahon savdo tashkilotining qoidalari asosida yuritish;
-import bojxona bojlari va TIF TN kodlarini yagona hujjat asosida tizimlashtirish.
Qaror bilan tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasniflash kodlari ro‘yxati tasdiqlandi.
-2027-yildan tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini inobatga olib TIF TNni boj tarifi bilan birgalikda yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
U.Ro‘ziyev,
Angor tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish мarkazi bosh yuriskonsulti
Ўзбекча
Русский
English