Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi
“Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-184-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi.
*Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan:
-jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;
-“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.
-Elektron tizimda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o‘rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
*Xavf darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
*2025-yil 1-yanvardan quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi:
-fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;
-majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;
-xodimlar sonini yashirish.
*2025-yil 1-martdan boshlab sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, davlat boji birinchi instansiya sudida – 70 foizi, apellyasiya va kassatsiyada – 30 foizi qaytarib beriladi.
-Farmon bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy etiladi.
-Bunda tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bo‘lmagan holatlarda, tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida Biznes-ombudsman xabardor etiladi.
M.Abdullayev,
Angor tumani adliya bo‘limi DXM etakchi mutaxassisi
Ўзбекча
Русский
English