“Qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalari kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-420-son, 04.12.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi: Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti; Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti; Ularda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga qat’iy hisobda turadigan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadigan sertifikat beriladi. 2025- yil 1-yanvargacha ularga nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarini bitirgan vatandoshlar va chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi.

Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi institutlarning mahalliy professor-o‘qituvchilarini jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va o‘qishga yuborish choralarini ko‘radi.

 R.Sultanov,

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i