Pensiya tayinlashda chet elda ishlagan davrini ish stajiga olish tartibi qanday?

Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlagan fuqarolar tomonidan o‘tgan davr uchun ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to‘langanda, ish stajiga hisobga olinadi:

–2019-yil 1-yanvarga qadar bo’lgan davr uchun har bir oyga bazaviy hisoblash miqdorida;

-2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun bir yilga BHMning 4,5 baravari miqdorida;

-2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorida.

Shokir Mengliboyev,

Angor tumani Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi bosh mutaxassisi

0 izox

Izox qoldirish