Pensioner vafot etsa olinmay qolgan pensiyasi to‘lab beriladimi?

Pensioner vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli marhum pensionerning ota-onasi, eri (xotini), shuningdek, pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a’zolari tomonidan pensioner vafot etganidan so‘ng 60 kun ichida Pensiya jamg‘armasiga murojaat etilgan taqdirda to‘liq miqdorda to‘lab beriladi.

-Bunda, fuqaro vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya to‘liq oy uchun to‘lab beriladi.

Shokir Mengliboyev,

Angor tumani Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi bosh mutaxassisi

0 izox

Izox qoldirish