"O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PF-73-son, 06.05.2024 y.) qabul qilindi.
O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 – 2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya (Milliy strategiya) tasdiqlandi.
Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi (Milliy markaz) etib qayta tashkil etildi.
- Respublikada giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatidan tizimli ravishda chuqur o‘rganib borish, asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilish, Milliy markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
- Milliy markaz davlat komissiyasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan milliy dasturlar ijrosini muntazam monitoring qilib, belgilangan chora-tadbirlar sifatli hamda o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnoma, taklif va tavsiyalar kiritadi.
Angor tumani adliya bo‘limi
DXM yetakchi mutaxassis A.Do’sanov
Ўзбекча
Русский
English