“O‘zbekiston respublikasi prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-69-son, 30.04.2024 y.) qabul qilindi

Farmon bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan quyidagilar belgilandi:

-zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so‘m;

-ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 648 000 so‘m;

-o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so‘m;

-boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 648 000  so‘m;

-boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 648 000 so‘m.

Angor tumani adliya bo‘limi

FHDY bo`limi mudira                                                      Sh.Raxmonova