O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2025-YIL 30-MAYDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA HAMDA O‘RMONLARNI BOSHQARISH TIZIMIDA ISLOHOTLARNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH, YASHIL HUDUDLARNI KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI PF-90-SONLI FARMONI QABUL QILINDI.

Farmonga ko‘ra, daraxt va buta ko‘chatlarining ko‘karuvchanligi, yashovchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishning 2026-yil 1-yanvardan boshlab maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

Urug‘chilik laboratoriyalarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos o‘simlik turlaridan onalik plantatsiyalarini tashkil qilish;

davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan ko‘chatlar hajmini 2 baravarga oshirish.

2025-yil 1-oktabrdan boshlab “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, “Yashil makon” elektron platformasida ochiqlikni ta’minlash va raqamlashtirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy qilindi:

aholi tashabbusi bilan daraxt ekilishi mumkin bo‘lgan aniq hudud, suv ta‘minoti, keyinchalik parvarish qilish imkoniyati va daraxtlarning turlarini ko‘rsatish;

o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo‘q qilgan shaxslar tomonidan kompensasiya sifatida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlari hisobini yuritish tizimini joriy qilish.

2025-yil 1-noyabrdan boshlab o‘rmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi va ularning toifasini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan.

G‘.Tilovqobilov,

Termiz shahar adliya bo‘limi boshlig‘i

0 izox

Izox qoldirish