“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-114-son, 04.03.2024 y.) qabul qilindi

 Qarorga ko‘ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini ta’minlash bo‘yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini ta’minlash maqsadida 2024 yil yakuniga qadar:

-rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika ma’lumotlari Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi;

- BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish bo‘yicha qo‘llanmalarni to‘liq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar ko‘riladi.

Bunda:

-rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi;

-BMT tomonidan ma’qullangan qo‘llanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qo‘llanmasi ishlab chiqiladi;

-milliy statistika tizimini global baholashdan o‘tkazish tashkil etiladi va natijalari e’lon qilinadi.

2025 yil 1 yanvardan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari jalb etiladi.

2024 yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Angor tumani adliya bo‘limi

DXM bosh mutaxassis                                                                    N.Nurmatova