Nogironligi bo‘lgan bolaning onasiga pensiya tayinlashda qanday imtiyozlar bor?

Nogironligi bo‘lgan bolalarning onalariga quyidagi imtiyozlar berilgan:

1.Nogironligi bo‘lgan farzandini 8 yoshgacha tarbiya qilgan onaga pensiya tayinlashda talab qilinadigan 20 yillik ish stajiga farzandiga qaragan davri qo‘shib hisoblanadi.

-Eslatma: Yuqorida nazarda tutilgan davr ish staji kamida 7 yil mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib hisoblanadi.

2.Mazkur talablarga javob bergan holda fuqaroda kamida 20 yil ish staji mavjud bo‘lsa, imtiyozli 50 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqishi mumkin.

Shokir Mengliboyev,

Angor tumani Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi bosh mutaxassisi

0 izox

Izox qoldirish