muhim 5 qoida
Muhim 1-qoida:
Mehnatga haq to‘lash muddatlari
Mehnatga haq to‘lash muddatlari har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Qoida tariqasida har oyning 15 sanasida avans to‘lovi, keyingi oyning 5 sanasigacha oylik maosh beriladi.
Muhim 2-qoida:
Mahsulotni olganligimiz to‘g‘risida chek bor, ammo kafolat muddati talonda belgilanmagan. Do‘kon egasi 10 kun ichida kelsangiz almashtirib beraman degan edi. Bu holat qonun bilan tartibga solinganmi?
Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, almashtirib berishni talab qilishga haqli. Kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha 6 oy mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
Muhim 3-qoida:
Nikoh yoshi
Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.
Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga etmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga etmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shuningdek, mazkur harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Muhim 4-qoida:
Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish retseptlar bo‘yicha yoki retseptsiz amalga oshiriladi.
Retsept davolovchi shifokor tomonidan beriladi. Dori vositasi retseptda nazarda tutilgan miqdorda olib bo‘linganda unga «Retsept haqiqiy emas» degan shtamp bosiladi va dorixonada qoldiriladi.
Dorixonalardan realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar qaytarib olinmaydi va shunga o‘xshash dori vositalari va tibbiy buyumlarga almashtirilmaydi.
Muhim 5-qoida:
araxt kesish uchun ruxsatnomani qaysi organ beradi?
Tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek insonning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar va butalarni kesish mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga ko‘ra haq to‘lamasdan amalga oshiriladi.
Abdushukur Do‘sanov, Angor tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi
Ўзбекча
Русский
English