Mualliflik huquni buzganlik uchun javobgarlik bor

Qonunchilikka ko‘ra mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan adabiyot va san’at asarlariga nisbatan ularning maqsadi va qadr qimmati shuningdek, ifodalanish usulidan qat’iy nazar tatbiq etiladi.

Mualliflik huquqi biron-bir obyektiv shaklda bo‘lgan oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi.

Muallif asaridan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqi asosida asarini tarjima qilishga yoki tarjima qilish huquqini berishga ruxsat berish mumkin.

Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzgan shaxslar ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ma’muriy javobgarlikka ko‘ra asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash tarqatish barchaning e’tiboriga yetkazish quyidagicha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi:

Fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (375 ming so‘mdan 1 mln 875 ming so‘mgacha)

Mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha) deb qyd etilgan.

Sherzod Normatov,

Angor tuman adliya bo‘limi davlat xizamatlari markazi bo‘lim boshlig‘i

0 izox

Izox qoldirish