“Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-421-son, 04.12.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi. 2025/2026 o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha quyidagi sport musobaqalarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi: “Maktab ligasi”; “Talabalar ligasi” va “Oliy ta’lim kubogi”; “Rektor kubogi”. Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil qilinadi. Bunda jamoaviy sport turlari bo‘yicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari o‘tkazib boriladi. Quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi: tadbirkorlik subyektlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublarini tashkil qilish; tadbirkorlik subyektlari sport klublari o‘rtasida “Korporativ sport o‘yinlari” sport musobaqasini o‘tkazib borish.
J.Qurbonov,
Qumqo‘rg‘on adliya bo‘limi bosh maslahatchisi
Ўзбекча
Русский
English