“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-165-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida, O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega loyiha ofisi tashkil etiladi.
Shuningdek, quyidagi tartiblar o‘rnatiladi:
-2025 yil 1 yanvardan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ob’ektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish xarajatlarni baholashning “hajm” uslubiga (hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olishga) o‘tiladi;
-2024 yil 1 iyuldan ob’ektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi;
-2024 yil 1 oktyabrdan qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.
Qarorga ko‘ra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida:
- 2024 yil 1 iyuldan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha jalb qilinadigan yordamchi pudrat tashkilotlari ro‘yxatga olinadi;
-tender savdolari oferentlari tomonidan takliflar to‘liq raqamlashtirilgan holda kiritiladi;
-har oyda kamida bir marotaba davlat dasturlariga kiritilgan ob’ektlardagi qurilish jarayonining joriy holati bo‘yicha fotosuratlar joylashtirib boriladi.
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha texnik nazorat xizmatini ko‘rsatishga quyidagi ob’ektlarda autsorsing asosida tadbirkorlarni jalb qilishga ruxsat beriladi:
-2025 yil 1 yanvardan – tajriba tariqasida qurilish (ta’mirlash) ishlari yangidan boshlanadigan maktab, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida;
-2026 yil 1 yanvardan – boshqa qurilish (ta’mirlash) ob’ektlarida (davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar bundan mustasno).
Angor tumani adliya bo‘limi
FHDY bo`limi 1-toifali inspektor N.Raimova
Ўзбекча
Русский
English